“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Toshkent – Parij – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviaparvozlar sonini oshirdi. Bundan buyon mazkur yoʻnalishda haftasiga ikki marta aviaqatnov amalga oshiriladi.
Boeing 757/767 samolyotlari haftaning seshanba va juma kunlari Parijga parvoz qiladi.
Chipta narxi oʻrtacha 508,50 yevro. Toshkent Xalqaro aeroportidan parvoz qilgan samolyot Parijning “Sharl-de-Goll” aeroportiga qoʻnadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Fransiya fuqarolari uchun 2018 yil 5 oktyabrdan boshlab 30 kun vizasiz yurish huquqini beruvchi tizim joriy etilgan.
OʻzA