Xalq artisti terimchilar huzurida

Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan targʻibot guruhi aʼzolari hamda Oʻzbekiston xalq artisti Mahmud Namozov Muzrabot tumanida paxtakorlar bilan uchrashdi.
2.jpg
Tadbirda viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan ilgʻor terimchilarga badiiy kitoblar tuhfa qilindi.
3.jpg
– Taniqli sanʼatkorlar, shoir-yozuvchilar paxta dalasiga kelib, terimchilarga maʼnaviy dalda boʻlayotgani ish unumdorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi “Eshnazar-Agro-Klass” fermer xoʻjaligi rahbari Sh.Eshnazarov. – Bu yil 10 gektar maydonda gʻoʻza parvarishlab, salmoqli hosil toʻpladik. Xoʻjaligimiz dalalarida 12 terimchi mehnat qilmoqda, hasharchilar ham yaqindan yordam berayotir. Taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv terimchi va hasharchilarni yanada ruhlantirib yubordi.
Joriy yilda R.Boʻriyev nomidagi suv isteʼmolchilari uyushmasi tarkibidagi 54 fermer xoʻjaligi 697 gektar maydonda paxta parvarishladi. Ayni kunlarda yigʻim-terim ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. 300 dan ziyod terimchi va hasharchi mehnat qilayotgan dalalarda hali hosil koʻp.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Isroil Shomirov yangi sheʼrlaridan namunalar oʻqidi. Ayniqsa, Mahmud Namozov ijrosidagi xalqona kuy-qoʻshiqlar davraga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
– Bugun qariyb 100 kilo paxta terib, biroz toliqqan edim, – deydi terimchi Sh.Moʻminova. – Mahmud Namozov va bir guruh ijodkorlar bilan yuzma-yuz uchrashib, miriqib sheʼr tingladik, ajoyib qoʻshiqlarga dugonalarimiz bilan raqs tushdik. Maza qilib, hordiq chiqardik.
Tadbirda viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Respublika Maʼnaviyat va targʻibot markazi viloyat boʻlimi tomonidan ilgʻor terimchilarga badiiy kitoblar tuhfa qilindi.
– Boysun tumani obodonlashtirish boʻlimida ishlayman, – deydi Q.Moʻminov. – Tumanimizdan koʻngillilar paxta terimiga borishayotganini eshitib, men ham oʻz ixtiyorim bilan ular safiga qoʻshildim. Dalada hosil koʻp. Kim oʻzarga paxta teryapmiz. Terim puli kunlik hisob-kitob qilinayotgani ham bizni koʻproq terishga undamoqda. Ilgʻor terimchilar qatorida bugun mashhur xonanda qoʻlidan badiiy kitob olganim bir umr yodimdan chiqmaydi.

 

Xolmoʻmin Mamatrayimov, OʻzA