Adliya vazirligi ijtimoiy video va audioroliklarni ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Advice.uz” Yagona axborot portali” loyihasi doirasida ijtimoiy video va audioroliklarning ijodiy konsepsiyasini ishlab chiqish, suratga olish/yozib olish va uni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi. Loyiha Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya hukumati nomidan Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Tanlovga kommunikatsiya va video ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va tashkilotlar taklif etiladi.

Asosiy maqsad: Oʻzbekistonning “Advice.uz” yagona axborot portalini ishga tushirish toʻgʻrisida qisqa audio va videoroliklarni yaratish va undan foydalanishga rahbarlik qilishdir.

Bajarilish muddati: 2018-yil 10-noyabr – 2019-yil 30-yanvar.

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar:

1. Ishtirokchi ishlangan ijtimoiy roliklar toʻgʻrisida portfolio taqdim etishi va ijtimoiy roliklarni suratga olish ishlari boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.

2. Suratga olish va yozib borish uchun oʻzining texnik bazasi (kamera, yoritish moslamalari va boshqa)ga ega boʻlishi kerak.

3. Suratga olish ishlari uchun doimiy xodimlar shtati (rejissyor, muharrir, operator, montajchi, texnik xodim)ga ega boʻlishi kerak.

3. Rolik HD sifatda boʻlishi kerak.

4.Rolik yaratish uchun ssenariy taqdim etishi lozim.

5.Ushbu ijtimoiy roliklarni respublikamizdagi davlat va tijorat telekanallarida joylashtirish imkoniga ega boʻlishi lozim.

Oʻzbekistonning “Advice.uz” Yagona axborot portali haqida qisqacha maʼlumot:

Advice.uz” Yagona axborot portali aholini muayyan vaziyatlarda ularning huquq va burchlariga doir xabardorligini oshiruvchi yangi mexanizm hisoblanadi.

Mazkur portal barcha muhim maʼlumotlarni yagona manbaga birlashtiradi. Maʼlumotnoma shaklidagi ushbu manba aholi tomonidan turli sohalar boʻyicha tez-tez beriladigan savollarga boʻlgan javoblarni oʻz ichiga oladi.

Manbaning boshqa portallardan farqli jihati shundaki, undagi maʼlumotlar qulay boʻlib, sodda tilda hamda amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va foydali manbalar keltirilgan holda berib boriladi.

Bundan tashqari, mazkur portal Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar uchun maʼlum yechim yoki maʼlumot olish bilan bogʻliq muayyan holatlarda “xarita” boʻlib xizmat qiladi.

 

OʻzA