“Malibu Turbo” — Dunyo trendi endi Oʻzbekistonda

27 oktabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan avtopoligonda GM UzbekistanUzbekistan AJda modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyaga muvofiq ishlab chiqarilayotgan turbodvigatelli “Malibu” avtomobilining yangi avlodi namoyish qilindi va test-drayvdan oʻtkazildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Test-drayv ishtirokchilari avtomobilning barcha afzalliklarini koʻrib chiqish imkoniga ega boʻlishdi.

Ayni damda deyarli barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar turbopuflagichli dvigatellarga bosqichma-bosqich oʻtmoqda. Prognozlariga koʻra 2021 yilga borib dunyodagi barcha avtomobillarning 48% turbodvigatel bilan jihozlangan boʻladi.

 

O’zA