Oʻzbekiston mudofaa vazirining oʻrinbosari Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻldi.

Tashrif davomida delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldi. Mazkur hamkorlik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, oʻzaro tajriba almashish kabi masalalarda sezilarli darajada oldinga siljishni taʼminlab berishi kutilmoqda.

photo_2018-10-27_18-15-15.jpg

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻzbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham boʻlib, Xitoy oliy harbiy taʼlim muassasalari mutasaddilari bilan ikki mamlakat tinglovchilarini masofadan turib oʻqitish, oʻqituvchilarning ikki davlatga tashrifi davomida seminar-trening mashgʻulotlarini olib borishi boʻyicha meromandum imzolashga kelishib olindi.

photo_2018-10-27_18-15-47.jpg

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bir qator xorij mamlakatlarining oliy harbiy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha sezilarli amaliy ishlarni olib bormoqda. Xususan, oktyabr oyining oʻzida Germaniya hamda Pokiston davlatlarining oliy harbiy bilim yurtlarining professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida boʻlib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadli rejalarni belgilab olishgan edi.

 

OʻzA