Soliq sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi

Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qaror bilan Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish, ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini berish hamda Soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.
Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga murojaat qilinadi.
Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Soliq toʻlovchilarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish, ularga hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
01.JPG
Soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berish quyidagi bosqichlardan iborat:
02.JPG

 

OʻzA