“Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizatsiya va qismlarini realizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasida Utilizatsiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kreditlar ajratish yoʻlga qoʻyilishi band sifatida koʻrsatilgan.
“Asaka” AT bankiga Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalari egalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilingan.
Shuningdek, utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalarini hududlarda qabul qilish tartibi yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritish nazarda tutilgan.
OʻzA