Suratlardagi farqli jihatni toping. Xulosa sizdan

Toshkent viloyat IIB YHXB xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻiboti kuni” tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Navbatdagi tadbirda viloyat hududidagi 28 yuk avtomobillari turargohida haydovchilar bilan yoʻl harakati hamda yuk tashish qoidalariga rioya etish, yoʻllarda harakatlanishda chap qatorni band qilmaslik, xavfsizlik nuqtai nazaridan yuk avtomobilining gabarit oʻlchamidan kelib chiqqan holda nur qaytargichlar oʻrnatish lozimligi yuzasidan targʻibot suhbatlari tashkil etildi. Yuk avtomobilining orqa yoki yon qismida muhofaza toʻsiqlari mavjud boʻlmagan holda ularni oʻrnatish maqsadga muvofiq ekanligi tushuntirildi.
Tadbirda doirasida “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilar bilan alohida suhbatlar tashkil etildi. 236 yuk avtomobillariga nur qaytargichlar oʻrnatilishi tashkil etildi.
Toshkent viloyat IIB YHXB bu boradagi tadbirlarni muntazam oʻtkazishda davom etadi.
photo5301165305118173890.jpgphoto5301165305118173895.jpg

 

Ulugʻbek Asrorov, OʻzA