Nobel sovrindoriga oʻzbek olimlari faxriy doktor unvonini berdi

Seminarda Nobel mukofoti sovrindori Fua Tin Fang ishtirok etmoqda
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Yoʻl qoplamalarini barqaror boshqarish tizimlarini yaratish jarayonining muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda.
photo5302996782252403154.jpg
Mahalliy va xorijiy soha vakillari taklif etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashuvni tashkil etish, bu borada xorijiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama etiladi.
photo5302996782252403157.jpg
Seminarning ahamiyatli tomonini shundaki, unda ilk bor Singapur milliy universiteti professori, “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori, bir necha nufuzli akademiyalar akademigi, Singapur yoʻl qoplamalari uyushmasi prezidenti Fua Tin Fang va Xitoyning Chanan universiteti professori Chu Longjia ishtirok etmoqda.
Anjumanda janob Fua Tin Fangga Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining faxriy doktori unvoni berildi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, Farhod Abdurasulov (surat), OʻzA