Jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari sovrindori Rufat Risqiyev bugun 69 yoshga toʻldi.
Bugun, oʻzbek boksining tom maʼnodagi tirik afsonasi, 1974-yil Kuba poytaxti Gavanada oʻtkazilgan havaskor boks boʻyicha ilk jahon chempionati gʻolibi, 1976-yil Monreal mezbonligidagi Olimpiadaning kumush medali egasi, toʻrt karra sobiq Ittifoq chempioni, sobiq Ittifoq xalqlari spartakiadasi gʻolibi, koʻplab xalqaro turnirlar chempioni, sobiq Ittifoqda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Oʻzbekiston iftixori, faxrimiz Rufat Risqiyev tavallud ayyomini nishonlamoqda. Afsona bugun bir kam yetmish yoshni qarshi oldi.
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur tavallud ayyom bilan Rufat Asadovichni samimiy muborakbod etadi.
Sogʻlik va salomatlik hamisha hamrohingiz boʻlsin!
O’zA