Toshkent shahar Yunusobod tumanida Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida “Ayollar ijtimoiy koʻmaklashuv maslahat markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Markaz faoliyati oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi maʼnaviy-ahloqiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni qoʻzgʻatuvchi oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta aniqlash va oldini olish choralarini koʻrishga yoʻnaltirilgan.
Markazda mutaxassis, psixolog, yurist xonasi, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u yerga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar koʻrsatiladi.
O’zA