Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va 2017 yil 25 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, bank xizmat tariflarini optimallashtirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Ekonom paket” tarifi amaliyotga tadbiq etildi.
Endilikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan, mazkur tarifdan foydalanadigan tashkilotlar “Qishloq qurilish bank”ning barcha xizmatlari uchun atigi oyiga 450 000 soʻm toʻlaydi.
Ushbu tarifda depozit hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻtkazish boʻyicha amaliyotlar bajarish, “UzCARD” plastik kartalariga xizmat koʻrsatish, milliy valyutada kassa xizmatini koʻrsatish va boshqa xizmatlar, plastik kartalarga “SMS-xabarnoma” va internet xizmatlarni ulash mutlaqo bepul, qolgan xizmatlar esa arzonlashtirilgan narxlarda!
Mazkur tarifdan foydalanish korxona-tashkilotlarni bank xizmatlariga ortiqcha xarajat qilmasdan oʻz mablagʻlarini iqtisod qilishiga olib keladi. Iqtisod qilingan mablagʻlar hisobiga yangi ishchi oʻrinlari tashkil qilish, xodimlarning ijtimoiy taʼminotini yanada yaxshilash imkoniyati yaratiladi.
Batafsil maʼlumotni quyidagi veb-manzil orqali olishingiz mumkin: http://qishloqqurilishbank.uz/uz/tarif.php
Zamonaviy, qulay va arzon bank xizmatlaridan foydalaning!
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Maʼlumot uchun:
Telefon: 71 150-93-39
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz
O’zA