Oʻzbekiston va Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muzokaralarni keng doirada davom ettirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Hindiston koʻp aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar,dasturlash, sogʻliqni saqlash, xizmat koʻrsatish sohalarida ilgʻor hisoblanadi. Bu sohalar rivojiga katta eʼtibor qaratayotgan mamlakatimiz uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qoʻllab-quvvatlayotgan Oʻzbekiston istiqbolli hamkor.
Muzokarda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.
67668a49-5678-d2e2-c9ef-3999774080e0.jpg
e44c8f77-7ea9-467c-21bc-aa905ddd3b9a.jpg

 

OʻzA