Senatning oʻn oltinchi yalpi majlisi yakunlandi (Onlayn)

2018 yil 27-28 sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Ayni paytda Senat raisi N.Yoʻldoshev yalpi majlis yakuniga yetganini maʼlum qildi.
Majlis kun tartibiga 21 masala kiritilgan edi. Majlis birinchi ish kunida 14 masala, yaʼni 14 qonun senatorlar tomonidan koʻrib chiqildi va maʼqullandi.
Bugun 7 masala, jumladan, 2018 yilgi Davlat byudjeti xarajatlariga oʻzgartishlar kiritish, Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida, Bosh vazir oʻrinbosari – moliya vaziri J.Qoʻchqorovga parlament soʻrovi yuborish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimovning axboroti, Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti, Oliy sud tarkibiga oʻzgartirish kiritishga oid masalalar koʻrib chiqildi va senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Shu bilan yalpi majlis oʻz nihoyasiga yetdi.

 

OʻzA