Oilani mustahkamlash va oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining roli

Poytaxtimizda ana shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Unda Afgʻoniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Koreya, Misr, Pokiston, Ozarbayjon, Rossiya, Hindiston davlatlaridan hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va SHHT vakillari, mamlakatimiz mutaxassislari, soha xodimlari, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.
 
photo5291878134125275620.jpg
Birinchi yalpi yigʻilishda “Barkamol avlod tarbiyasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va oilaning tutgan oʻrni” mavzui doirasidagi maʼruzalar tinglanmoqda. Ikkinchi yalpi yigʻilish esa “Oila instituti va oila siyosati: muammolar, rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari” mavzui doirasida oʻtkazilmoqda.
photo5291878134125275624.jpg
Eslatib oʻtamiz, avval xabar qilganimizdek, konferensiya doirasida “Tarixiy- maʼdaniy anʼanalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oilani mustahkamlash va oila qadriyatlarini asrab-avaylashdagi roli”, “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi va zamonaviy oila modelini shakllantirish”, “Reproduktiv salomatlik va demografik rivojlanish masalalari, oilalar hayot darajasi va farovonligini oshirish”, “Xotin-qizlar muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va hal qilish oila institutini mustahkamlashning muhim omili” mavzui yuzasidan shoʻʼba yigʻilishlari boʻlib oʻtadi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA