Jurnalistlar siyosiy xato qilishdan qoʻrqib kelganmidi?

Bugungi kunda markaziy gazetalarda siyosiy sharhlar koʻrinmayotganining sabablari izohlandi.
Respublikaning yetakchi nashrlarida xalqaro siyosiy sharhlar, mintaqa yangiliklari, qoʻshni davlatlarda roʻy berayotgan ijimoiy-siyosiy voqealar tafsilotlari koʻrinmaydi. Bu haqda “Oʻzbekiston24” kanalining “Postskriptum” loyihasida aytib oʻtildi.
“Eshittirishda qatnashgan “XXI Asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilovning aytishicha, nashrlarda siyosiy sharhlarning koʻrinmasligining sabablari bor. Bir necha yillar davomida jurnalistlarimiz siyosiy qarashlari, pozitsiyalarini bildirishdan choʻchib keldilar. Bugun bunga imkoniyat boʻlsa-da dadil siyosiy sharhlar matbuotda koʻrinmayapti. Xalqaro siyosiy voqealarning faqatgina tafsilotlari berilyapti xolos. Dunyoda kuzatilayotgan iqtisodiy inqirozlar ularning bizga taʼsiri haqida ham fikr bildirilmagan, siyosiy xato qilishdan qoʻrqib oʻzimizni sharh berishdan olib qochganmiz”, deydi Norqobil Jalilov.

 

OʻzA