Endilikda ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida 3- va 4-kurslarda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishlari mumkin. Ushbu jarayon talabalarning arizalariga koʻra amalga oshiriladi.
Bunga Oliy taʼlim muassasalari hamda fuqarolarning koʻplab murojaatlari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining joriy yil 17 sentyabrda ishlab chiqqan bayoni asos boʻladi.
Ammo, bu jarayonni filologiya va tillarni oʻqitish (xorijiy tillar boʻyicha, shu jumladan, rus tili), xorijiy til va adabiyoti (tillar oʻyicha), ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda) taʼlim yoʻnalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotganlar bilan amalga oshirib boʻlmaydi.
Hujjatda oliy taʼlim muassasasi boʻyicha har bir taʼlim yoʻnalishi kesimida (taʼlim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam boʻlgan holda talabalarni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazish, aks holda, rad etish belgilandi.
Kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazilgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdori 2018-2019 oʻquv yilida 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.