Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi harbiy-vatanparvarlik kengashi tomonidan oʻtkazilayotgan matbuot anjumani davom etmoqda.

Kengash raisi Alijon Safarov:

– Oʻzbekistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, mustaqillikni, tinch va osoyishta hayotni asrash borasida davlatimiz rahbari yuritayotgan siyosat xalqimizga toʻlaqonli yetkazib berilmayapti. Ayrim jurnalistlarda “bu mavzu yopiq, harbiy sirlar bilan bogʻliq”, degan eskicha qarashlar hanuzgacha saqlanib qolgan. Sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar borasida qanchadan-qancha tahliliy material tayyorlash mumkin. Buning uchun jurnalistning faol pozitsiyasi kerak, xolos. Mavzu yuzasidan yoritilayotgan materiallarning 80 foizidan ortigʻi xabar janrida. Tahliliy materiallar juda kam. Ixtisoslashuv yetishmaydi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA