FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Oybek mahallasida yangi “Xusniya Kids” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda mazkur mahalla hududida 1 ta davlat, 2 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularda 373 nafar kichkintoy tarbiyalanayotgan edi. Yangi tashkil etilgan muassasasi esa 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta guruhning har biriga 30 nafardan bolajon qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Bog‘cha ochilish marosimida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Dam olish, yuvinish va kiyimlarni almashtirish xonalari, tantanalar zali, oshxonada zamonaviy jihozlangan bo‘lib, ulardagi  keng imkoniyatlar ko‘zni quvontiradi.

Muassasa ish boshlashi bilan 15 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA