“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Hindistonning “ONGC Videsh” kompaniyasi rahbari Paxi Ajit Kumar jamiyat rahbariyati bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida samarali hamkorlikdan umidvor ekanligini bildirgan.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha keyingi rejalar muhokama etilgan uchrashuvda Hindiston delegatsiyasi aʼzolari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida biznesni rivojlantirish va xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.
Unda Paxi Ajit Kumar janoblari Oʻzbekiston Respublikasi hududida geologik-qidiruv ishlariga moʻljallangan investitsiya loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdorligi va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni oʻrganishga tayyor ekanligini bildirdi.
Muzokaralardan soʻng “ONGS Videsh” kompaniyasi delegatsiyasi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti faoliyati bilan tanishdi.
Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA