Bundan buyon kommunal xizmatlardan qarzdorliklarni notarius aniqlaydi

Hukumat qarori bilan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni olishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Endilikda ushbu maʼlumotlarni olish bevosita notarius tomonidan bajariladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning barcha hududida idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʻyicha 2019 yil 1 yanvardan, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʻyicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab yoʻlga qoʻyiladi.
Quyida koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni olish bosqichlari keltirilgan:
01.JPG

 

OʻzA