Nega loyihalarni hayotga tatbiq etish kechikmoqda? (video)

Loyiha bor, bajaruvchi shay, sarmoyaning manbasi va miqdori ham aniq. Unda nega uni hayotga tatbiq etish kechikmoqda?
Xabaringiz bor, joriy yil 11 sentabrda Davlat rahbari “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi. Qarorda berilgan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash bilan hududlarda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, boʻsh turgan davlat obyektlariga investitsiyalarni kengroq jalb etishga erishiladi.
Shundan kelib chiqib, Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat hududiy guruh Toshkent viloyatida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan navbatdagi videosharh Hududiy guruhning Quyichirchiq, Oqqoʻrgʻon, Chinoz hamda Zangiota tumanlaridagi faoliyati natijalari haqida.

 

OʻzA