Missisipi shtati Milliy gvardiyasi delegatsiyasi tashrifi

17 sentyabr kuni Toshkentga Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari, general-mayor J.Boylz boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurmoqda.

18-19 sentyabr kunlariga moʻljallangan tashrif dasturidan mudofaa, ichki ishlar, FV, tashqi ishlar vazirlari, Oliy Majlis Senatining birinchi oʻrinbosari, Milliy gvardiya qoʻmondoni bilan uchrashuvlar, Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif oʻrin olgan.

Shuningdek, mehmonlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul va konsert dasturi tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

 

OʻzA