UzCard toʻlov tizimidagi uzilishlar boʻyicha Markaziy bank bayonot berdi

Tez orada Yagona umumrespublika protsessing markazi (UzCard) toʻlov tizimidagi uzilishlar bartaraf etiladi.
Bu haqda Markaziy bank rasmiy bayonot bilan chiqdi
Fuqarolar ularga xizmat koʻrsatadigan banklarga oʻzlariga kerakli miqdorda naqd mablagʻ olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qilishicha, ayni pytda toʻlov kartalaridagi qoldiq haqida maʼlumotlar qayta tiklangan. Ikkini bosqichda — kun davomida toʻlov terminallari faoliyati tiklanadi.
Markaziy bank zarurat boʻlsa, fuqarolar ularga xizmat koʻrsatadigan banklarga oʻzlariga kerakli miqdorda naqd mablagʻ olish uchun murojaat qilishlari mumkinligini eslatmoqda. Buning uchun mijoz karta ochilgan bankka murojaat qilish zarur. Terminallar ishlagandan soʻng har qanday bankning har qaysi filialiga murojaat qilish mumkin boʻladi. Buning uchun mamlakatning barcha hududlaridagi banklar filiallari yetarli darajada naqd pul bilan taʼminlangan.
Markaziy bank yuz bergan insidentni shunchaki eʼtiborsiz qoldirmaydi. Qonunchilikka oʻzgartirish kiritish boʻyicha tashabbus ilgari suriladi. Unda chakana toʻlov tizimlarining barqaror faoliyat yuritishi maqsadida ularning ishini nazorat qilish va tartibga solish boʻyicha Markaziy bank huquq va majburiyatlarini belgilash koʻzda tutiladi.

 

OʻzA