Ochiq osmon ostidagi konsert

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik Katta teatri oʻzining navbatdagi 89-ijodiy mavsumning ochilishiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.
Ochiq osmon ostidagi fayzli konsert – Open Air musiqiy dasturi jonli musiqiy ijrodan bahramand boʻlish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Konsertda teatrning orkestr jamoasi, Yoshlar simfonik orkestri, shuningdek, xalqaro va respublika musiqa tanlovi gʻoliblari ishtiroki koʻzda tutilgan. Kechada klassik musiqa bilan birga jozibali kuylar, serenadalar, mashhur operalardan ariyalar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “SOTHIS AEGIS” kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi kabi tashkilotlar mazkur tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatmoqda.

 

N.Usmonova, OʻzA