Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi.
Binoda 200 oʻrinli konferensiya zali, kutubxona, sport zali, informatika va bir nechta mashgʻulot xonalari mavjud.Ayni paytdachet tili,tasviriy sanʼat, tikish-bichish, shaxmat-shashka, badiiy gimnastika kabi toʻgaraklar faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy jihozlangan markazda yoshlar oʻz bilimi va salohiyatini yuksaltirishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Ikki qavatli zamonaviy bino tumandagi “Jamshid” masʼuliyati cheklangan jamiyatitomonidan qisqa muddatda qurib bitkazildi.
Maqsad Habibullayev (surat) OʻzA