Rasmiy tashrif tafsilotlari barcha ommaviy axborot vositalarida bevosita yoritildi

Avval xabar qilganimizdek, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning yurtimizga rasmiy tashrifi munosabati bilan poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda tashrif tafsilotlari batafsil kuzatib borildi.

Brifing davomida jurnalistlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hukumatlararo, vazirlik va idoralar oʻrtasidagi ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bilan onlayn rejimda tanishdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari Prezidentlarning ochiq, doʻstona va amaliy ruhda oʻtgan uchrashuvini, hamkorlikni rivojlantirishga doir keng qamrovli fikr-mulohazalarini tingladi. Oʻz navbatida, soha xodimlari ham imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston va Belarusning uzoq muddatli manfaatlariga, mamlakatlarimizni rivojlantirish va xalqlarimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

 

OʻzA