“vesti.ru“ning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasining qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Andrey Chibis bu haqda maʼlum qilgan.
“Loyiha pasportining tasdiqlanishini kutish lozim. Shundagina 2024 yilgacha qayta joylashtiriladigan uy-joylar sonini aniq aytish mumkin. Umuman olganda, qayta joylashtiriladigan uy-joylar avariya holatidagilarga nisbatan koʻp boʻlishi kerak. Avariya holatida deb topilayotgan uy-joylar (ularning umumiy maydoni yiliga 2 million kvadrat metrni tashkil qilmoqda) soni esa oʻsib bormoqda. Agar biz kapital taʼmir tizimini yoʻlga qoʻymaganimizda, hozirgi koʻrsatkichlar birmuncha yuqori boʻlishi ham mumkin edi” degan Andrey Chibis OAVga bergan intervyusida.