Samarqandda “Fransuz Alyansi” markazi tashkil qilinadi

Samarqand davlat chet tillari institutida Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Samarqand shahrida “Fransuz Alyansi” markazini tashkil etish, Fransiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
“Fransuz Alyansi” markazi barcha yoshdagi fransuz tiliga qiziquvchi oʻquvchi va talabalarga fransuz tili va adabiyotini oʻrgatish boʻyicha kurslar tashkil etish, bilim darajasini belgilovchi testlar oʻtkazish va sertifikatlar taqdim etish bilan bir qatorda yoshlar teatri, fransuz milliy musiqa sanʼati va boshqa madaniy yoʻnalishlarda faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.

 

OʻzA