Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi oʻrinda turuvchi uchinchi yevrokubokni tomosha qila boshlaymiz.
Faqat bu uchun hali ikki yil vaqt bor. Musobaqa 2020/21-mavsumdan boshlab oʻtkazila boshlaydi. Bu haqda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) va “Yuventus” klubi prezidenti Andrea Anelli Splitda oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida maʼlum qilgan.
“UEFAning ruxsatini kutayotgan edik. Mana endi uchinchi musobaqani yaratish yoʻlida “yashil chiroq” yondi. Bu turnir 2021/22-yillar mavsumidan eʼtiboran 96 klub bilan start oladi”, – deydi Anelli.
Yevropa kubogi deb nomlanuvchi yangi musobaqa formati hozircha nomaʼlum, biroq u 90-yillarga qadar oʻtkazib kelingan Kubok egalari kubogi bilan oʻxshash boʻlishi taxmin qilinmoqda. Kubok egalari kubogi 1960-1999-yillar oraligʻida oʻtkazilgan boʻlib, unda UEFAga aʼzo mamlakatlar kubogini qoʻlga kiritgan klublar ishtirok etgan.
Hozirda Yevropada ikkita yirik turnir bor. Chempionlar ligasida 32, Yevropa Ligasida esa 48 jamoa ishtirok etadi.
Avvalroq Yevropa kubogining yoʻlga qoʻyilishi bilan Yevropa ligasining guruh bosqichi ishtirokchilari soni 48 tadan 32 taga qisqarishi maʼlum qilingan.
Mazkur musobaqaning tashkil qilinishi reklama beruvchilar uchun ham juda qulay vosita boʻlishi nazarda tutilgan.
O’zA