Oʻzbekistonning eng tajribali diplomatlaridan biri Ilhom Neʼmatov qariyb ikki yildirki, qoʻshni davlatlar bilan muzokaralarga bosh-qosh.
Maxsus topshiriqlar boʻyicha elchi sifatida u chegaralar bilan bogʻliq masalalar va boshqa nozik mavzularda Markaziy Osiyo hukumatlari bilan muloqotda. I.Neʼmatov qator davlatlarda, xususan, Hindiston, Germaniya va AQSHda elchilik qilgan. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.
“Amerika Ovozi” muxbiri Navbahor Imomova Ilhom Neʼmatov bilan Shahrisabzda oʻtayotgan xalqaro maqom anjumanida suhbatlashdi.
“Amerika Ovozi”, Vashington
OʻzA