“Oʻzekspomarkaz”da oʻn ikkinchi Markaziy Osiyo xalqaro koʻrgazmalari oʻz ishini boshladi

Avval xabar qilganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida “UzTextile Expo 2018” birinchi tekstil va moda sanoati va “Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2018” oʻn ikkinchi Markaziy Osiyo xalqaro koʻrgazmalari oʻz ishini boshladi.
 
тп.jpg
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi Toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketinggi agentligi hamda “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi oʻrtasida yangi “UzTextile Expo” koʻrgazmalar loyihasini tashkil etish boʻyicha imzolangan memorandumga asosan tashkil etilgan mazkur koʻrgazmalarda sohadagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini, yaʼni ip tolalaridan tortib, tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olgan. “UzTextile Expo 2018” birinchi tekstil va moda sanoati xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston, Belarus, Latviya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Shveysariya, Hindiston davlatlaridan 103 kompaniya va firmalar ishtirok etayotgan boʻlsa, “Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2018” oʻn ikkinchi Markaziy Osiyo xalqaro koʻrgazmasi qatnashchilarining 15 foizi mahalliy, 85 foizi xorijiy kompaniyalar vakillaridir. Xususan, u Oʻzbekiston, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya, Hindiston kabi davlatlardan 372 kompaniya va firmalarni qamrab oladi. Ularning 20 foizdan ortigʻi ilk ishtirokchilardir.
Koʻrgazma ochilishida Oʻzbekistan Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.Otajonov soʻzga chiqdi

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA