Ijtimoiy soʻrov

Vatanimiz mustaqilligi bayrami arafasida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi yurtdoshlarimizning mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy sohalarda erishgan yutuqlariga, jamiyatdagi maʻnaviy-axloqiy va ijtimoiy oʻzgarishlarga munosabatini aniqlash masadida “Oʻzbekiston: davlat mustaqilligiga 27 yil” mavzuida tadqiqot oʻtkazdi.
Ijtimoiy soʻrov mamlakatimizning barcha viloyat va tumanlarini qamrab oldi, undaqishloq vashaharlarda istiqomat qilayotgan turli millat va ijtimoiy qatlam vakillari hamda ishlab chiqarishning turli soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar ishtirok etdi.
Mustaqillik kuni mamlakatimiz fuqarolari uchun ulugʻ va yorqin bayram boʻlib, aksariyat hamyurtlarimiz, yaʻni aholining 94,6 foizi ushbu ayyomni koʻtarinki kayfiyatda kutib olishga tayyor. Oʻzbekiston fuqarolari 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida demokratlashtirish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni toʻla qoʻllab-quvatlaydi.
Soʻrovda 97,3 foizfuqarolar mamlakatimizda mustahkam tinchlik va xavfsizlik saqlanayotgani, ijtimoiy-siyosiy, millatlararo, dinlararo va harbiy nizolarning yoʻqligini Oʻzbekistonning eng asosiy yutuqlari sifatida qayd etgan. Hamyurtlarimiz turli til, madaniyat, anʻana va dinlar uygʻunligi, tinchlik va hamjihatlik axloqiy meʻyor boʻlgan oʻziga xos jamiyatni shakllantirganidan chinakam faxrlanadi. Millatlararo va diniy bagʻrikenglik istiqlol yillarida yanada mustahkamlandi va Oʻzbekistonning strategik resursi va ustunligiga aylandi. Soʻrov ishtirokchilarining fikricha, fuqarolar oʻrtasidagi tinch-totuvlik jamiyatni har tomonlama rivojlantiradigan asosiy omil hisoblanadi.
Tadqiqot natijalari shuni koʻratdiki, mustaqillik va suverenitet Oʻzbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi, barcha davlatlar bilan teng va oʻzaro manfaatli asosda munosabatlarni yoʻlga qoʻyishiga imkon berdi.
Soʻrov ishtirokchilarining 90 foizdan ortigʻi davlatimiz tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʻminlash borasida erishilgan natijalardan va bu boradagi ishlarning bugungi ahvolidan qoniqmoqda. Qatnashchilarning 94 foizi fuqarolar xavfsizligini taʻminlash sohasida erishilgan natijalar eng asosiy yutuqdir, degan fikrda. Buni Oʻzbekistonni dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri deb tan olgan nufuzli “Gallup” jamoatchilik fikrini oʻrganishmarkazi ham tasdiqlaydi.
Soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Soʻrov ishtirokchilari bu borada innovatsion va texnologik yuksalish sodir boʻlayotganini qayd etgan. Yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari bergan ijobiy baholar ham koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligidan yaqqol dalolat beradi. Soʻrovda qatnashganyakka tartibdagi mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va fermerlik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarning koʻpi davlatimiz tomonidan mazkur sohada yaratilgan sharoitlardan qoniqadi.
Soʻralganlarning 93,6 foizi mamlakatimiz sanoatini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ayniqsa, avtomobilsozlik, neft va gazni qayta ishlash, farmatsevtika, maishiy texnika, xalq isteʻmoli tovarlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish bu boradagi muvaffaqiyatlarning muhim omili, deb hisoblaydi. Soʻrov jarayonida ishtirokchilar yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining sezilarli darajada oshgani, bozorlar mahalliy mahsulotlar bilan taʻminlangani va ularning raqobatbardoshligi ortganini qayd etgan.
Fuqarolarning 86,1 foizi uy-joy qurish ishlarining faollashganiniOʻzbekistonning eng muhim muvaffaqiyatlaridan biri, deb hisoblaydi. Mamlakatimizda aholi uchun barcha qulayliklarga ega va arzon narxlarda koʻp qavatli uylar barpo etilmoqda. Viloyat va tumanlar markazlarini obodonlashtirish boʻyicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, qishloq aholisi, ayniqsa, ehtiyojmand qatlam vakillarining turmush sharoitini bosqichma-bosqich yaxshilashga yoʻnaltirilgan “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilmoqda.
Soʻrov ishtirokchilarining 83,2 foizi qayd etganidek, turli sohalarda chuqur bilimga ega, intellektual salohiyati yuqori, barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasidagi natijalar taʻlim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash, maktabgacha taʻlim tizimiga boʻlgan butunlay yangicha yondashuv, maktab taʻlimi tizimini tubdan oʻzgartirish, viloyatlarda yangi oliy taʻlim dargohlari, kadrlar tayyorlash boʻyicha zamonaviy taʻlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar hamda sirtqi va kechki boʻlimlarning ochilishi samarasida qoʻlga kiritilmoqda.
Qatnashchilarning 79,1 foizi mamlakatamizning madaniyat, ilm-fan va sanʻat sohalaridagi yutuqlarini eʻtirof qilgan. Bunda ilm-fandagi oʻzgarishlar va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy maktablari tiklanishi masalalari alohida qayd etilgan.
Aksariyat fuqarolar (89,7 foiz) hamyurtlarimizning qonunga boʻlgan hurmatining oshganini alohida qayd etdi.
Oʻzbekiston fuqarolarining koʻpchiligi davlatimiz rahbarining davlat qurilishi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, aholi farovonligini yuksaltirish, jamiyatda millatlararo va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash boʻyicha yuritayotgan siyosatini maʻqullaydi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki, mamlakatimiz fuqarolari davlatimizning ertangi kuni va istiqboliga qatʻiy ishonadi, odamlarda oʻz hayotini yanada yaxshilashga intilish, mamlakat taraqqiyoti va farovonligiga daxldorlik tuygʻusi kuchaygan. Tadqiqot moddiy ahvoli va turmush sharoiti yaxshilanganini qayd etgan fuqarolar soni ortganini koʻrsatdi. Mamlakatimiz fuqarolarining har uchinchisi oʻzi va oilasining moddiy ahvolini yaxshilashga erishganini bildirgan.
Yurtdoshlarimizning 99,4 foizi mamlakatimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan eʻtirof etilayotgani va dunyoda munosib oʻrin egallagan mustaqil suveren respublika ekanligidan gʻururlanadi.
Fuqarolarning aksariyati (97,3 foizi) iqtisodiyot, moliya, sanoat, xususiy tadbirkorlik va fermerlik, fuqarolarning huquq va erkinlari, ijtimoiy himoya, qurilish, taʻlim, fan va madaniyat, qishloq xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish sohalarida erishilgan yutuqlardan faxrlanadi.
Mamlakatimiz oldida turgan muammolarni muvaffaqiyatli hal etishiga ishonayotgan fuqarolar soni oshgani kuzatilmoqda: fuqarolarning kelajakda davlatimizning gullab-yashnashiga ishonch darajasi ortgan va 81,6 foizga yetgan. Ushbu koʻrsatkich yil sayin oʻsmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi arafasida oʻtkazilgan soʻrov xalqimiz ichki va tashqi siyosatdagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlayotganini toʻliq tasdiqladi. Hamyurtlarimiz davlatimiz rahbarining Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilayotgan qarorlarini qoʻllab-quvvatlaydi, mamlakatimizning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy holatini ijobiy baholaydi.
Fuqarolarning 95,6 foizi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq orasida yuksak obroʻ va ishonchga sazovorligini bildirgan. Ularning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatidagi faoliyati samarasida yurimizda tinchlik va hamjihatlik, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish taʻminlanmoqda, aholi turmush darajasi yuksalayotir, odamlaroʻzgarishlarning guvohi boʻlib, ularni oʻz hayotida his etmoqda, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib bormoqda.
“Ijtimoiy fikr” markazi
materiallari asosida
O.Xarchenko tayyorladi

 

OʻzA