Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining futbol musobaqalarida oʻzbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib borayotgani haqida avval xabar berib oʻtgandik.
Shu kungacha Xitoy – Gonkong ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan hamyurtimiz Anna Sidorovaga yana bir oʻyin ishonib topshirildi. U bugun Xitoy – Tailand uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotda yana bir oʻzbekistonlik hakam Zilola Rahmatova yordam beradi, deb yozadi OʻFA matbuot xizmati.
O’zA