Osiyo oʻyinlari - 2018: Istomin finalda!

Tennischimiz Denis Istomin yakkalik bahslarida Osiyo oʻyinlari finaliga yoʻl oldi.
U yarim finalda hindistonlik Gunnesvaran Prayneshni 2 set davom etgan uchrashuvdada 6:2, 6:2 hisoblarida magʻlub etdi.
Istomin finalda Li Dukhe (Janubiy Koreya) va Vu Yibing (Xitoy) oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.
Turnirga birinchi raqamli raketka sifatida tashrif buyurgan Istomin yarim finalga qadar pokistonlik Aqil Xonni 6:3, 6:1 hisoblarida, xitoylik Jang Jijengni 6:4, 6:3 hisoblarida, qozogʻistonlik Aleksandr Bublikni 6:1, 3:0 hisoblarida (texnik gʻalaba) magʻlubiyatga uchratgandi.

 

O’zA