Osiyo oʻyinlari-2018. Oʻzbekiston U-23 – Gonkong U-23, 1-bo'limdan soʻng vakillarimiz oldinda

Osiyo oʻyinlari-2018 dasturidan oʻrin olgan futbol musobaqalarida nimchorak final uchrashuvlari ham boshlandi.
Ushbu bosqichdagi Oʻzbekiston U-23 va Gonkong U-23 terma jamoalari bahsining 27-daqiqasida jamoamiz aʻzosi Ikrom Aliboyev chamasi 20 metrlar masofadan darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi – 1:0. Birinchi boʻlim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda Gonkong terma jamoasi aʻzosi Pui Xong Yu qanot himoyachimiz Akrom Komilovga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Tanaffusga qadar hisob boshqa oʻzgarmadi.
Agar vakillarimiz Gonkong toʻsigʻidan muvaffaqiyatli oʻtib olishsa, u holda chorak finalda Eron – Janubiy Koreya toʻqnashuvi gʻolibi bilan kuch sinashadi. Taʻkidlash joiz, Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi safida Angliyaning “Tottenxem” klubi aʻzosi Son Xyon Min toʻp surmoqda.

 

O’zA