OSIYO O‘YINLARI: Birinchi kunda uchta medal, ikkinchi kunda esa yettita turdan ishtirok

Indoneziyada kecha rasman start olgan Osiyo o‘yinlarining birinchi kunidayoq sportchilarimiz ham qator medallarni qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
4ffe2c79-4d37-48f3-a616-18d3850c8afb.jpg
Erkin kurash bo‘yicha 65 kg. vazn toifasida gilamga chiqqanSirojiddin Hasanov terma jamoamizga dastlabki medalni tuhfa etdi – bronza medali bilan taqdirlandi, ketma-ket musobaqani davom ettirgan hamyurtlarimizning ikkinchi medali esa oltin. 74 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga ilk oltin medalni taqdim etdi. Kunning so‘nggi medali ham bronza bo‘ldi – 97 kg. vaznda olishgan Magomed Ibragimov delegatsiyamiz medallari sonini uchtaga yetkazdi.
03.JPG
Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha qit’amizning 45 mamlakati ichida hozircha sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Dastlabki uchtalikda Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya sportchilari borishmoqda.
Ayni paytda Osiyo o‘yinlarida taekvondochilarimiz kurashga kirishgan. Bugun, shuningdek, sprotchilarimiz yana oltita turdan medallar uchun kurashishadi.Demak,
Taekvondo VTF
Saralash –11:30, 14:30
Final – 18:00, 22:00
67 kg: Nigora Tursunqulova
58 kg: Niyoz Po‘latov
53 kg: Dinara Madibragimova
Erkin kurash
Saralash – 15:00, 19:00
Final – 21:00, 23:00
125 kg: D.Modzmanashvili
50 kg: D.Yaxshimuratova
53 kg: S.Eshmuratova
57 kg: N.Esanboyeva
O‘q otish
10 m, yakkalik
V.Skoravarov (11:00-12:15, 13:00-14:40)
Z.Pardaboyeva (13:00-14:15, 15:30-16:10)
S.Mamedova (13:00-14:15, 15:30-16:10)
Ushu
Final– 12:00, 13:00
Nimchorak – 21:30, 23:30
D.Latisheva (Final)
I.Haydarov (Nimchorak)
A.Rahimov (Nimchorak)
Sport gimnastikasi
Saralash
Bryus – 12:00, 14:00
Individual – 16:00, 18:00
Jamoaviy – 20:00, 22:00
A.Fokin
A.Azimov
R.Abdurahimov
X.Abdusamatov
A.Hamroqulov
Akademik eshkak eshish
Sakkiztalik LM8+ 2000 m (saralash) – 11:00, 14:00
A.Yarov
D.Bahriyev
I.Mambetnazarov
D.Xursanov
Sh.Najmiyev
O.Rahimov
Sh.Hakimov
Z.Usmonov
A.Krasnov
To‘rttalik M4x 2000 m (saralash) – 11:00, 14:00
U.Davronov
F. Astanov
A. Muhammedov
Sh. Abdujabborov
Tennis
Yakkalik, 2-bosqich – 10:00, 12:00
Denis Istomin
Sanjar Fayziyev
Sabina Sharipova
Nigina Abduraimova
Juftlik, erkaklar, 1-bosqich – 10:00, 12:00
X.Sultanov/F.Do‘stov
S.Fayziyev/J.Karimov
Juftlik, ayollar, 1-bosqich – 10:00, 12:00
Iroda To‘laganova/Oqgul Omonmurodova

 

Oybek Yunusov, O‘zA