Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 18-avgust kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Samarqand viloyatida oliy martabali delegatsiya tashrifiga alohida tayyorgarlik ko‘rilgan. Ko‘chalar ikki mamlakat davlat bayroqlari, xalqlarimizning do‘stligi tarannum etilgan shiorlar bilan bezatilgan.
Tashrif dasturidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilish, Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirish o‘rin olgan.
U. Asrorov, G‘. Hasanov, O‘zA