Shu yilning 3-15 dekabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

“Ma’rifat karvoni” tadbirlarini tashkil etish uchun respublikadan ishtirok etuvchi olimlar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlardan iborat jami 68 nafarni tashkil etgan respublika targ‘ibot guruhi a’zolari shakllantirib olindi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 3-5 dekabr kunlari 12 ta hududda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi majlislaridagi ma’ruzalarida Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyotiga erishish, uni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oldimizda turgan muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi.

Ushbu keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazish, ziyolilar ishtirokida aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli targ‘ibot tadbirlarini olib borish muhim ahamiyatga ega.

Ushbu anjuman va muloqotlarning bu yilgi yakuniy bosqichlari 11 dekabr kuni Samarqand shahrida, 13 dekabr Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, dunyo miqyosida g‘oyaviy tahdid va axborot xurujlari kuchayib, odamlar ongi va qalbini egallash borasidagi kurash tobora murakkablashib borayotgan bugungi kunda ma’naviy-mafkuraviy, jumladan, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali olib borish, ta’sirchanligini oshirishni hayotning o‘zi talab etmoqda.

Bu tadbirlar joylardagi targ‘ibotchilarning bilim va malakasini oshirishga, yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishga qaratilgan. Ular jamiyatda ma’rifatni keng yoyishga va ommalashtirishga xizmat qiladi. Tadbirlar doirasida milliy madaniyat, tarixiy meros va an’analarni keng targ‘ib qilish, yoshlarga o‘tmishdagi boy tamaddunlarimiz haqida ma’lumot berish alohida ahamiyatga ega.

Mazkur tadbirlar 12 ta hududda o‘tkazildi va 68 ming 870 nafar ishtirokchi qamrab olindi.

Bular – “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ziyolilar, imom-xatiblar va noiblar, mahalla faollari, oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari, maktab direktorlarining o‘rinbosarlari, xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan “El-yurt umidi” stipendiantlari, talaba-yoshlar.

“Ma’rifat karvoni”ning mavzusi “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” deb bejiz nomlanmagan. Zero “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusi faqatgina tarixiy va nazariy masala emas, balki har birimizning kundalik hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim mavzudir. Bunda uch asosiy tushunchaning uyg‘unligi jamiyatimiz taraqqiyoti va farovonligining garovidir.

“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusi faqatgina tarixiy va nazariy masala emas, balki har birimizning kundalik hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim mavzudir. Bu uch asosiy tushunchaning uyg‘unligi jamiyatimiz taraqqiyoti va farovonligining garovidir.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Ma’rifat karvoni” loyihasi doirasidagi “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” doirasidagi anjumanda shu haqda batafsil so‘z yuritildi.

Anjuman doirasida shuningdek, “Buyuk ajdodlar siymosi: yangi nigoh va zamonaviy yondashuvlar” deb nomlangan tadbir ham tashkil etildi.

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (suratlar), O‘zA