Bu haqda Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Dunyoda nogironligi bor odamlarga to‘g‘ri keladigan 100 dan ortiq sport turi bor. Lekin, bizda bunday odamlarga sport bilan shug‘ullanishga faqat 22 ta turi bo‘yicha tibbiy xulosa beriladi.
Endilikda xalqaro andozalar asosida nogironligi borlarga sport turlari ham kengaytirilishi, ularni bunga layoqati kasallik turiga qarab avtomatik belgilanishi qayd etildi.
Natijada sport bilan shug‘ullanishga yo‘llanma olishi mumkin bo‘lgan nogironligi borlar soni 286 mingdan 440 mingga oshadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda adaptiv sport qamrovini 1,6 barobarga oshirib, 45 mingga yetkazish topshirildi. Bu odamlarni sport bilan shug‘ullantiradigan murabbiylar oyligi 1 yanvardan 1,5 barobar oshiriladi
Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus ta’lim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport ob’ektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi.
Joylarda 300 ta yangi “vorkaut” maydonchalari quriladi, ularda ham xuddi shunday sharoitlar bo‘ladi.
O‘zA