Singapur Bosh vaziri, afsonaviy shaxs Li Kuan Yu korrupsiyaga qarshi qanday kurashish kerakligini dunyoga ko‘rsatib qo‘ydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U 40 yil ichida dengiz chetidagi botqoq, loy tuproqli qoloq bir qishloqni iqtisodiyoti rivojlangan, korrupsiyadan, deyarli, xoli yangi davlatga aylantirdi. Bugun yer yuzida noyob va mo‘’jizaviy Singapur iqtisodiyoti haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Bu natijaga osonlikcha erishilgani yo‘q, albatta.

Li Kuan Yu: Человек, построивший Singapur - The Steppe

Korrupsiyaga qarshi kurashni Li Kuan Yu o‘zidan boshladi, deyish mumkin. U davlat mulkini talon-taroj qilgani uchun tug‘ishgan akasi yo ukasini otib tashlashga farmon bergani xususida mish-mish bor. Bu haqdagi ma’lumot ochiq matbuotda yo‘q va ko‘p aytilavermaydi ham. Qarindosh-urug‘i, yaqin do‘stlari amalidan foydalangani yoki noqonuniy oldi-berdiga aralashgani uchun ozodlikdan mahrum etilgani, qamalgani ma’lum. Li hazilomuz bir gapni ko‘p qaytarardi: Korrupsiyani yengmoqchi bo‘lsang, do‘stlaring, yaqinlaringni turmaga tashlashga tayyor tur!

Как Singapur поborол коррuпцию. Примеniм ли его опыт в borьбе с коррuпцией  в Кыргызстане? Часть I - ELGEZIT

Li Kuan Yu “Xalq harakati” partiyasi bilan saylovda yutib chiqib, Bosh vazir kursisiga o‘tirgach, nafaqat mamlakati, balki butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash ramzi, timsoliga aylandi. Ayni jarayonda u yaxshi natija beradigan samarali yo‘llarni topdi, o‘z tajribasida shunday usullarni faol qo‘lladi. Avvalo adolat-u haqiqat bosh maslagi bo‘lgan, hech kimga, hech nimaga bo‘ysinmaydigan qudratli maxsus xizmat – Korrupsiya amallarini tergov qilish byurosi (CPIB)ni tashkil etdi.

СИНГАПUР. Бюро по расследоvaniю коррuпционных практик (CPIB)
СИНГАПUР. Бюро по расследоvaniю коррuпционных практик (CPIB)

Singapurda jinoyat sodir etgan har qanday shaxs – davlat mulozimi bo‘ladimi yoki biror katta amaldor, kimligidan qat’i nazar, oddiy fuqaro kabi qonun oldida javob beradi. Jamiyatda daxlsiz toifa, qatlam yoki jamoa tushunchasi yo‘q. Shu o‘rinda Singapur va O‘zbekistonga xos bir holatni esga olish joiz. Davlatimiz rahbari boshqaruvga kelgan dastlabki kunlaridanoq “Xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qiladi”, deya aniq va ravshan ta’kidlagan. Singapurda ham shunday: amaldor yoki obro‘li mulozim jinoyat sodir etdimi, o‘zini xalqqa, jamiyatga, davlatga qarshi qo‘ydimi, zudlik bilan va so‘zsiz javobgarlikka tortiladi. Masalan, CPIB xodimi nafaqat mansabdorning o‘zi, balki uning turmush o‘rtog‘i, farzandi, qarindosh-urug‘i, hatto do‘st-u birodarlarining ham bankdagi hisob raqamini tekshirish huquqiga ega. Mabodo “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmayotgan”, daromadi buromadiga to‘g‘ri kelmayotgan shaxsni aniqlasa, maxsus topshiriq kutib o‘tirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri surishtiruv, tergov boshlay oladi.

 

Первый миniстр Singapurа потерял работu из-за обвинеniй в коррuпции -  Vietnam.vn

Bunday amaliyot asosan yuqori rahbarlik lavozimida ishlayotgan shubhali amaldorlarga nisabatan qo‘llanadi. Ilk bor jinoyat sodir qilgan yoki adashib noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolganlar uchun jazo chorasi yengliroq. Ularning ishi ortiqcha shov-shuvsiz olib borilib, ko‘pincha qonunga zid ravishda orttirgan daromadidan mahrum qilinadi.

1989 yil korrupsiyaga aralashganlik uchun jarima – 10 000 dan 100 000 Singapur dollariga ko‘tarilgan. CPIB faoliyati davrida mamlakat miqyosidagi bir necha vazir, kasaba uyushmasi rahbari, davlat kompaniyalari top-menejerlari jazolanib, ozodlikdan mahrum etilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Vi Tun Bun 1975 yil Indoneziyaga oilasi bilan sayohat qiladi. Sayr uning shafeligida qurilish bilan shug‘ullanayotgan xizmatchi tomonidan moliyalashtiriladi. Shu pudratchi mulozimga 500 ming Singapur dollari qiymatiga teng turar-joy ham sovg‘a qiladi. Ko‘chmas mulk-fond bozorida savdogarlik qilish uchun vazir otasining nomiga 300 ming dollar kredit ham oladi. Bu voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotgan CPIB agentlari vaqti kelganda zudlik bilan ishni sudga oshiradi. Natijada sud hukmi bilan noqonuniy undirilgan mablag‘ to‘liq davlat hisobiga o‘tkaziladi. Vazirga nisbatan olti oy qamoq jazosi qo‘llanadi.

Междuнародный опыт borьбы с коррuпцией: современная модель Singapur

Yetarli maosh – soflik, pokizalik garovi, deyishadi singapurliklar. Singapurda amalga oshirilgan yana bir namunali ish – davlat xizmatchilari ish haqi keskin oshirilishidir. Li Kuan Yu mulozimlarga eng ko‘p ish haqi to‘lash tashabbusi bilan chiqdi va bu qaror to‘g‘riligi isbotlandi.

– Hukumat boshqaruvida faoliyat ko‘rsatayotgan sofdil, vijdonli, haqiqatgo‘y odamlar yaxshi maosh olishlari lozim, – degandi Bosh vazir. – Agar ular ishi uchun kam haq olsa, korrupsiyaga keskin qarshi tura olmaydi. Natijada egri yo‘lga kirib ketish, noqonuniy oldi-berdiga aralashish xavfi kuchayadi.

Mansabdorlar maoshi oshirilgach, davlat ishida yuqori malakali mutaxassislar ko‘paydi. Mamlakat iqtisodiy jihatdan jadal rivojlana boshlangach, mulozimlar, xususan davlat xizmatchilari, qozi-sudyalar daromadi xususiy sektor vakillari, korporatsiyalar top-menejerlari darajasiga ko‘tarildi.

Как измеniлся за последniе 50 лет город-гоsudарство Singapur и чем он  поражает людей из самых развитых стран

Li Kuan Yu hukumati bu miqdorni ham yetarli, deb hisoblagani yo‘q. Ya’ni, va vazirlar, sudyalar va boshqa yuqori lavozimdagi davlat xizmatchilari maoshini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy sektor daromadidan tushadigan soliqqa bog‘lab qo‘ydi. Natijada davlatga soliq tushumi keskin ko‘paydi, maoshlar ham sezilarli sur’atda oshdi.

Singapur ommaviy axborot vositalari korrupsiyaga qarshi kurashga keng safarbar etilishi ham boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘ladigan jihat. Ayni jarayonda jamiyatdagi korrupsiya bilan bog‘liq voqea-xodisalarni haqqoniy yoritadigan mustaqil, xolis ommaviy axborot vositalari shakllantirildi, xodimlar korrupsiyaga qarshi yo‘naltirildi.

Poraxo‘rlik bilan ushlangan amaldor shu zahoti gazetalarning birinchi sahifasi qahramoniga aylanardi. Yetakchi OAV tarkibida korrupsiyaga aralashgan oddiy fuqarodan tortib, davlat mulozimiga qadar, har qanday shaxs haqida hech ikkilanmay, mustaqil surishtiruv o‘tkaza oladigan mutaxassislardan iborat maxsus bo‘limlar tashkil etildi. Bu jarayonda jurnalistlar tinimsiz malakasini oshirib, tajriba to‘plab, ixtisoslashib bordilar.

Как Singapur победил коррuпцию и стал финансовым центром Азии »  BigPicture.ru

Daromadiga mos yashamayotgani gumon qilingan mulozim o‘zini aybdor hisoblamasa, haqligini faqat o‘zi isbotlashi lozim edi.

– Korrupsiyachi xodimning bor mol-mulki musodara qilinishi lozim, – deb hisoblardi Li Kuan Yu. – Shundagina samarali natijaga erishish mumkin.

Irismat Abduxoliqov, O‘zA sharhlovchisi