Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari 2025 yil suv xo‘jaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘lishini ta’kidladi.
Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sug‘orishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017 yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.
Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini o‘rnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.
O‘zA