Eden Azar yetakchiligidagi Belgiya termasi “G” guruhida yetakchilik qilmoqda. Birinchi turda inglizlarga bosh og‘riq bo‘lgan afrika vakiliga qarshi o‘yin, oson bo‘lmaydi yevropaliklar uchun. Shuningdek, hech qanday ochkoga ega bo‘lmagan Tunis ham bu turda bor kuchini ishga solmasa, o‘ylariga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi. Uchrashuv bir ozdan so‘ng Moskvadagi “Spartak” stadionida boshlanadi. Bosh hakam sifatida Jair Marrufo ishlashi kutilmoqda.
Soat 20:00dan boshlab qit’adoshlarimiz Shimoliy Amerika vakili Meksika termasiga qarshi maydonga chiqishadi. Koreyslar o‘tgan turda skandinaviya o‘lkasidan tashrif buyurgan raqiblariga kichik hisobda mag‘lub bo‘lishgandi. Meksika bo‘lsa, aksincha, guruhning so‘zsiz favoriti deya talqin etilayotgan bundestim ustidan zafar quchgan. Mana shu jihat uchrashuvning darajasini oshirishi tabiiy. “F” guruhidan o‘rin olgan bahsga tajribali hakam Milorad Majich tayinlangan. O‘yin “Rostov arena”da bo‘lib o‘tadi.
“F”dan joy olgan jamolarning navbatdagi bahsi juda qiziqarli o‘tishi kutilyapti. Dastlabki turda mag‘lub bo‘lgan amaldagi chempion, bugun ham o‘sha natijani takrorlaydigan bo‘lsa Yevropaga qaytadi. Shvedlarda esa vaziyat ancha yaxshi. Ularni durang ham qanoatlantiradi. Zlatansiz yaxshi o‘ynashyapti. Ammo nemislar bilan durang uchun maydonga chiqmaslik kerak. Chunki bunday xatoni kechirishmaydi Lyov shogirdlari. Simon Marchinyak boshqaradigan ushbu to‘qnashuv, kunning oxirgi o‘yini sanaladi. Uchrashuv Sochidagi “Fisht” stadionida soat 23:00dan boshlab efirga uzatiladi.
Ushbu uchrashuvga FIFA tomonidan taqdim etilgan tahminiy tarkiblar:
Germaniya: Manuyel Noyer, Joshu Kimmix, Jerom Boateng, Niklas Zule, Yonas Hektor, Ilkay Gundogan, Toni Kroos, Tomas Myuller, Mesut O‘zil, Marko Roys, Mario Gomez
Bosh murabbiy: Yoaxim Lyov
Shvetsiya: Robin Olsen, Maykl Lustig, Viktor Lindelof, Andres Grankvist, Lyudvig Augistinson, Viktor Kleasson, Sebastian Larsson, Albin Ekdal, Emil Forsberg, Markus Berg, Ola Toivonen
Bosh murabbiy: Yan Anderson