O‘zbekistonlik FIFA va OFK komissari Olim Arifov Rossiya maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatida uchinchi marotaba komissarlik qiladigan bo‘ldi.
FIFA tomonidan Olim Arifovga “A” guruhi o‘yinlarining so‘nggi turidan o‘rin olgan Urugvay – Rossiya o‘yini ham ishonib topshirildi.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis mundiallarda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ldi.
Urugvay – Rossiya uchrashuvi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
O‘zA