Yagona maktab formalari: Barcha savollarga mutasaddilar javob berishadi!

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri – bu maktab formalari masalasidir. Savollar ham tobora ko‘payib bormoqda: Uning dizayni ustida kimlar faoliyat olib bordi? Matoning chidamlili va bola uchun qulayligi ta’minlanganmi? Maktablaridagi formalarning bir xil bo‘lishi ayrim hududlar uchun noqulayliklar tug‘dirmaydimi? Xususiy maktablarda ham ushbu qoidalarga amal qilinadimi? Ota ona maktab tomonidan tavsiya etilgan formalarni sotib olishga majburmi yoki o‘zi mustaqil harid qilishi yoki tiktirishi ham mumkinmi?
Barcha savollarga O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari javob berishadi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va “O‘zbekiston 24” radiosining qo‘shma loyihasida o‘z savollaringiz bilan ishtirok eting! Bugun, 20 iyun kuni soat 15.05 dan boshlab FM 87.9 to‘lqinida efirga uzatiladigan “RADIOFACE”dasturida 214-98-85, 214-98-86 telefon raqamlari orqali jonli efirda o‘z savollaringizni berishingiz mumkin.
Barcha savollar va unga berilgan javoblarni online rejimida bizning saytimizda kuzatib borish imkoniga ham ega bo‘lasiz!

 

O’zA