O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.