O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz.
Ramazon oyining yakunlanishini nishonlar ekanmiz, qo‘shnilarga yordam berish va turli e’tiqodga mansub odamlar bilan taomni baham ko‘rishdek islom dinining adolat va rahm-shafqatli bo‘lish kabi muqaddas an’anasini yanada teran anglaymiz. Ramazon hayiti do‘stlikda bir-birini qo‘llab-quvvatlash va barchaning o‘z salohiyatini to‘laligicha ro‘yobga chiqara oladigan jamiyatni barpo etish mas’uliyatini yodga soladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari ko‘plab diniy e’tiqodlar, shu jumladan, mamlakatimiz yuksalishiga muhim hissa qo‘shgan va Qurolli Kuchlarimizda sharaf bilan xizmat qilgan amerikalik musulmonlarning ham yurtidir.
Ushbu fazilatli ayyomda men dunyodagi barcha musulmonlarga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni yo‘llar ekanman, kelasi yildagi Ramazon hayitini ham sihat-salomatlik va farovonlikda nishonlashni tilayman. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Saudiya Arabistoni Podshohi, ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchibin al-Husayn;
Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos;
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiYusuf al-Usaymin.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.