Sibir daryolarini Orol dengiziga burish istiqbolli…mi?

Sibir daryolarini Orol dengiziga burish loyihasi – munozarali masala. “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda qozog‘istonlik ekolog Qaysha Ataxanova shu masalaga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar beradi Kazinform.
– Orol dengiziga Sibir daryolarini burish kabi munozarali loyihalar bildirilmoqda. Men ekolog sifatida tabiiy ekotizimni antropogen faktorlar orqali o‘zgartirish ma’lum bir oxibatlarga olib kelishini ogohlantiraman, – deydi Qaysha Ataxanova. – Bundan tashqari, u daryolarning atrofida ekotizimning o‘zini-o‘zi tartibga solish jarayoni yuradi, bu esa ekologiyagamintaqaviy, hattoki jahon miqyosida ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, buning foydali va ziyonli tomonlarini qanchalik ekanligini baholash mushkul. Sababi biz hozir Sharqiy va Markaziy Qozog‘istonda o‘ta ko‘lamli suv toshqinlarini ko‘ryabmiz. Toshgan suv Qozig‘istonning hatto o‘nlab yillar bo‘yi quruq qolgantekis dolalariga ham yoyildi.
Mazkur anjumanda Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha eng istiqbolli loyihalar sifatida dengizning qurigan tagida o‘rmonzorlar barpo qilish, qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orishni keng joriy etish va boshqa loyihalar e’tirof etilgan.
Hozirda dengizning qurigan qismi 5,5 million gektar bo‘lsa, shundan 3,5 millioni bizning hududimizga to‘g‘ri keladi. Uning 2 million gektarini o‘rmonzorga aylantirishga erishsak, vaziyat ancha yaxshilanadi, – deydi O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i H.Tolipov. – Buning uchun esa har yili 100 ming gektar maydonni o‘rmonga aylantirish chorasini ko‘rish zarur. Agar shu tarzda jadal harakat qilib, dengizning qurigan qismi yashillik bilan o‘ralsa, 15-20 yil orasida bu muammo xavfini bartaraf etishga erishishimiz mumkin.
Sibir daryolarini Orol dengiziga burish loyihasi o‘tgan asrning 70 yillarida ko‘tarilgan. Unga ko‘ra Irtish va Yuqori Ob daryolari suvlarini Orol va Kaspiy dengizlariga tashlash loyihalashtirilgan. Amudaryo va Sirdaryo irmoqlariga Irtish daryosining Tobol chuqurligi hududidan to‘g‘on qurish orqali suv tortib olish rejalashtirilgan.
Sibir daryolarini burishdan ko‘zlangan maqsad, Markaziy Osiyoda keng miqdorda ochilayotgan qishloq xo‘jaligi maydonlarini doimiy suv bilan ta’minlash bo‘lgan. Sababi, shu paytning o‘zida 15-20 yildan so‘ng suv tanqisligiga uchrashi kutilgan. Haqiqatdan ham o‘tgan asrning 90 yillariga kelib suv tanqisligi aniq ko‘zga tashlanib, Orolga suv tushishi to‘xtagan edi.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA