Taxtako‘pirda noma’lum uchar jism suratga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari Taxtako‘pir tumani Don qabul qilish maskanida mashg‘ulot olib borish jarayonini suratga olish vaqtida osmonda noma’lum uchar jism paydo bo‘lgan.
Ushbu obyektni ular shu payt payqamagan. Olingan suratlarni tomosha qilayotgan vaqtda osmonda kutilmagan “mehmon”ning paydo bo‘lganligi bir xodimning e’tiborini tortadi.
Ayni paytda bu noma’lum uchar jismning nima ekanligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

 

O‘zA