Antarktidada Turkiya maydoniga teng kattalikdagi muz uch yil davomida erigan. Bu haqda 8-milliy Antarktika ilmiy ekspeditsiyasi tarkibidagi turkiyalik olimlarning so‘nggi uch yillik tadqiqot natijasiga asoslangan hisobotida aytilgan.
Turkiya tadqiqot guruhi joylashgan Xorsshu orolidagi GNSS stansiyalari yordamida dengiz sathi, atmosferadagi bug‘, shuningdek muz va qor darajasi kabi muhim unsurlarni kuzatgan olimlar, ayniqsa, suv bug‘i miqdoridagi o‘zgarish sezilarli ekanini aniqladilar. Bu holat global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, sun’iy yo‘ldosh o‘lchash texnikasi yordamida salmoqli qor muzligi erishi kuzatilgan.
Olimlar bor-yo‘g‘i bir yil ichida sodir bo‘lgan qor va muzlik erishi natijasida turli xil muz yorig‘i va ko‘lmaklar yuzaga kelganini aniqladilar. Ta’kidlanishicha, muzlikning shu tezlikda erishi davom etsa, atmosferaga ko‘proq bug‘ chiqishi va issiqxona gazi konsentratsiyasi oshishi orqali muqarrar ravishda global iqlim o‘zgarishi tezlashadi. Bu tabiatni chuchuk suv bilan ta’minlaydigan muzlar erib, dengizda g‘oyib bo‘lishini anglatadi.
8-Milliy Antarktika ilmiy ekspeditsiyasi muvofiqlashtiruvchisi, professor Burj-u O‘zsoy aytishicha, Antarktidada muz nafaqat kamaymoqda, balki jiddiy yo‘qolish xavfini ham namoyon etmoqda.
G.Sattorova, O‘zA